Korxonamiz haqimizda

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonamiz ofis va uy mebellari ishlab chiqarishga asoslangan. Har bir mijoz uchun mebellar bizning dizaynerlarimiz tomonidan individual tarzda ishlab chiqiladi.

Zamonaviy materiallarni keng tanlash va yuqori texnologik jihozlardan foydalanish - har qanday murakkablikdagi mebel ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish imkonini beradi. Buyurtma bo’yicha mebel ishlab chiqarish mijozlarimizning hohish-istaklarini hisobga olish imkonini beradi.

Mebel uchastkasida 250dan ortiq turdagi ofis mebellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Korxonamiz Yaponiyaning «MAKITA» firmasi jihozlari bilan jihozlangan. Rossiya, Turkiya, Germaniya va Xitoy ishlab chiqaruvchilarining xom ashyosidan foydalaniladi.

Yillik ishlab chiqarish quvvati - yiliga 15000 m² DSP qayta ishlash.